"Real" futbolchisi Angliyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250

"Arsenal" qishki transferlar oynasida sobiq futbolchini qaytarishga harakat qiladi. "El Nacional" nashri bergan xabarda aytilishicha, Mikel Arteta Dani Sebalos bilan ikki yillik hamkorlikdan keyin uni yana tarkibga qaytarish niyatida.
Negaki, jamoaning yarim himoyasi qishda murakkabliklarga duch kelishi mumkin. Granit Jakada jiddiy jarohat bor. Tomas Parti va Muhammad Elneni esa Afrika Millatlar kubogiga ketishi kutilmoqda.
Sebalos "Real" bilan 2023 yilgacha shartnomaga ega. Futbolchi hozirda jarohati sabab o'yinlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lmoqda.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
365