Sobiq "Yuventus" futbolchisi jamoada juda ko'plab muammolar borligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Klaudio Markizio Turin klubidagi vaziyatga baho berdi.
“Hozir qiyin davr. "Yuventus"da juda ko'p muammolar bor, lekin bu faqat o'yinchilarning aybi emas. Jamoada ritm, shiddat, bosim va taktik g'oyalar etishmayapti. Lekin biz muxlislar hamisha jamoaga ishonishimiz kerak. Ayniqsa, bunday qiyin vaqtlarda. Har qachongidan ham birdamroq!”, - deb yozdi Markizio o'zining Twitter sahifasida.
"Byankonerilar" Italiya chempionatida ketma-ket 2 o'yinda mag'lub bo'lishdi va hozirda A Seriya turnir jadvalida atigi 8-o'rinni egallab turishibdi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178