RPL. "Ufa" minimal hisobda g'alaba qozondi. Urunov 87 daqiqa harakat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 107

Rossiya chempionati 13-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Ufa" o'z maydonida "Axmat" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol 58-daqiqada Gamid Agalarov tomonidan kiritildi.
21 yoshli hujumchi uchun bu gol mavsumdagi 11-gol bo'ldi. U hozirda to'purarlar jadvalini boshqarib bormoqda.
"Ufa" 4 o'yinlik g'alabasiz seriyani yakunlagan holda ochkolar sonini 13taga etkazib 13-o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, "Axmat" 15 ochko bilan 10-pog'onada.
Rossiya chempionati, 13-tur
"Ufa" — "Axmat" (Grozniiy) — 1:0 (0:0)
Gol: Agalarov, 58.
"Ufa": Belenov, Yokich, Nikitin, Juravlev, Botaka-Ioboma, Aliev (Suxov, 86), Golubev (Krotov, 46), Fishenko, Mrzlyak (Kamilov, 71), Oston Urunov (Ivanov, 87), Agalarov (Saplinov, 78).
"Axmat": Sheliya, Semenov, Liistsov, Biistrov, Bogosavats, Todorovich (Utkin, 63), Timofeev, Konovalov (Sebay, 84), Xarin (Polyarus, 63), Karapuzov (Yanku, 83), Konate (Arxipov, 63).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
192