«Real» hujumchisi «Elche»ga qarshi o'yinda burnini sindirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

«Real» hujumchisi Mariano Dias operatsiyaga stoliga yotishga majbur bo'lishini ma'lum qildi.
Forvard La liganing 12-turi doirasida bo'lib o'tgan «Elche»ga qarshi o'yinda (2:1) burnini sindirib oldi. Mazkur bahs dominikanlik futbolchi chun ushbu mavsumdagi debyut bahs bo'ldi.
«Debyutimdan va jamoamizning g'alabasidan xursandman, ammo, afsuski, jiddiy to'qnashuvdan so'ng burnim sindi. Operatsiya qildirishim kerak. Bir necha kunga jamoani tark etaman. Ammo jamoadoshlarim safiga qo'shilishni intizorlik bilan kutaman», — deya yozdi Dias instagram orqali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189