Pike qancha muddatga muddatga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida bo'lib o'tgan "Alaves"ga qarshi bahsda jarohat olgani haqida xabar berib o'tgandik.
Futbolchining o'ng oyog'i mushagida cho'zilish yuz bergani aniqlandi. "Diario Sport" tarqatgan xabarga ko'ra, Pike, katta ehtimol bilan, terma jamoalarga ajratilgan FIFA kunlaridan keyin safga qaytishi mumkin. Ungacha futbolchi "ko'k-anorranglilar"ga yordam bera olmaydi.
Jerar «Barsa»ning 2ta uchrashuvini o'tkazib yuboradi: Chempionlar ligasi doirasida Kievning «Dinamo» (2 noyabr) va La liga doirasida «Selta»ga qarshi bahslarni.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189