"Yuventus" vitse-prezidenti Allegrini baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi va hozirda klub vitse-prezidenti lavozimida ishlayotgan Pavel Nedved jamoa ustozi Massimiliano Allegrining ishini yuqori baholadi.
"Allegriga vaqt kerak. Unda ustunlik bor, chunki u "Yuventus"ni biladi va jamoadan nima kutish kerakligini tushunadi. Shu qatorda u ilgari birga ishlamagan futbolchilar bilan ham tanishishi kerak.
"Sassuolo"ga mag'lubiyatdan avval biz to'g'ri yo'lda edik va bitta o'yin avvalgi taassurotlarni o'zgartira olmaydi.
“Yuventus”ning yana bir muammosi – gol etishmasligi. Ammo buning sabablari bor edi. Dibala uzoq vaqt maydonga tushmadi, keyin Morata, endi esa Kin. Shundan so'ng, biz Kezani hujumga o'tkazdik, u ham jarohat oldi. Allegri o'z ustida ishlaydigan murabbiy. Men undan yanada ko'proq narsani kutaman”, - deya so'zlarini yakunlagan Nedved.
Manba: readfootball.com
Bosh sahifaga
210