"Barselona" sardori safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Ispaniya chempionatining 12-turida "Barselona" o'z maydonida "Alaves" bilan o'yin o'tkazdi (1:1).
Uchrashuvda kataloniyaliklarning bir qator futbolchilari jarohat oldi. Xususan, o'yinning 2-bo'limida jamoaning asosiy himoyachisi va sardori Jerar Pike o'ng oyoq son qismida og'riq sezgan va almashtirilishini so'ragan. Uning o'rniga maydonga tushgan Kleman Langle bahsni yakuniga etkazib qo'ydi.
Pikening qancha vaqtga safdan chiqqanligini qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan so'ng aniq bo'ladi.
Joriy mavsum 34 yoshli himoyachi La Ligada 10 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urishga erishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
174