Ten Xag hozircha «Nyukasl»ni boshqarishni istamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

«Nyukasl»ning yangi xo'jayinlari jamoaga murabbiy qidirmoqda. Ingliz klubi boshliqlari haqiqatan ham «Ayaks»dan Erik ten Xagni taklif qilmoqchi.
Niderlandiyalik murabbiy maoshini 5 barobar oshirishi mumkin, biroq u «Nyukasl»ning hozirgi holatidan kelib chiqib jamoaga kelmoqchi emasligini aytib o'tgan, deb yozadi Mirror nashri.
Ten Xag «Ayaks»da yaxshi ishlamoqda va jamoa Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga yo'llanma olishga yaqin turibdi.
«Nyukasl» murabbiyga transfer bozorida keng imkoniyatlarni taklif qilib, Erik ten Xagni ishontirishga intiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169