Sergeevning goli «Tobol»ni mamlakat chempioniga aylantirdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Qozog'iston chempionatining joriy mavsumi yakunlandi. "Tobol" klubi so'nggi turda "Aqjayiq" klubi mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Toldiqo'rg'onliklarning gollaridan biri Igor Sergeev hisobiga yozildi. Hamyurtimiz bahsning 27-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Sergeev uchun mazkur gol Qozog'iston chempionatidagi 10-gol bo'ldi. U mavsumni to'purarlar ro'yxatida 3-o'rinda yakunladi.
"Tobol" esa 61 ochko bilan mamlakat chempioniga aylandi. Klub kelasi mavsumda Evropa chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176