"Borussiya Dortmund" Holandni tezroq tiklanishiga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Dortmundning "Borussiya" klubi sport direktori Mixael Tsork Erling Holandning safga qaytish vaqti haqida gapirdi.
"Holandning qachon maydonga qaytishi haqida aniq aytishga hali erta, ammo umid qilamizki, u bu yil yana o'ynay oladi. Bu aniq bo'lishi uchun yana bir necha hafta kerak bo'ladi", - dedi Germaniya klubi sport direktori Mixael Tsork.
Dortmundliklar forvardning 4-dekabr kuni Bundesligada amaldagi chempionat peshqadami "Bavariya"ga qarshi bahs oldidan safga qaytishiga umid qilmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Holand jami 10 o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187