"PSJ" sport direktori: "Ramosning jarohati haqida avvaldan bilardik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

"PSJ" sport direktori Leonardo Serxio Ramosning jamoa tarkibida maydonga tushmasligidan muammo ko'rmayapti.
"Ispan matbuoti Ramosning jarohatini keng targ'ib qilmoqda. Ammo biz avvaldan futbolchining holatini bilardik. Hozir Serxio o'zini ancha tiklab oldi va yaqin orada maydonga tushishi mumkin.
Ramos "Real Madrid"ning etakchisi edi, u haqiqatdan jamoani o'z orqasidan etaklay oladi. Biz shuning uchun uni Parijga taklif qildik", – dedi Leonardo.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik 34 yoshli futbolchi yozda klub safiga kelib qo'shilgandi, ammo jarohati tufayli hali birorta o'yin o'tkazmadi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187