Ronaldu "Tottenxem" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLning 10-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi o'yindan so'ng (3:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yindan avval “Liverpul” bilan o'zimiz kutmagan natija bo'lgandan so'ng qiyin hafta o'tganini angladik. Jamoa biroz bosim ostida va qayg'uli edi, lekin biz bu vaziyatga yaxshi javob bera olishimizni bilardik. Biz kecha butun o'yin davomida yaxshi o'ynadik.
Albatta, mening vazifam jamoaga tajribam, gollarim, golli uzatmalarim bilan yordam berish va men buni bugun amalga oshirdim, juda mamnunman. Kechagi uchrashuv fikrimcha, aql bovar qilmaydigan o'yin bo'ldi", - dedi Ronaldu "Sky Sports" nashriga.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190