"Liverpul" yarim himoyachisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Mersisaydliklar yarim himoyachisi Nabi Keyta "Brayton"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat oldi.
26 yoshli gvineyalik futbolchi o'yinni asosiy tarkibda boshladi, ammo 20-daqiqada jarohat oldi. Shundan so'ng, uning o'rniga Aleks Oksleyd-Chemberlen maydonga tushurildi.
Keytaning jarohati qay darajada jiddiyligi qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan so'ng aniq bo'ladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Premer-ligada 7 o'yin o'tkazib, 2 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183