APL. "MYu" safarda "Tottenxem"ni tor-mor etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Angliya Premer-ligasi 10-turining markaziy bahsi yakuniga etdi.
Unda Londonning "Tottenxem" jamoasi "Manchester Yunayted"ni o'z maydonida qabul qildi va yirik 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O'yinda "qizil iblislar"ning gollariga Krishtianu Ronaldu, Edinson Kavani va Markus Reshford mualliflik qilishdi.
Ushbu natijadan so'ng "Manchester Yunayted" turnir jadvalida 17 ochko to'plab 5-o'ringa ko'tarilgan bo'lsa, "Tottenxem" 15 ochko bilan 8-pog'onada.
Angliya Premer-ligasi, 10-tur
"Tottenxem" – "Manchester Yunayted" - 0:3 (0:1,0:2)
Gollar: 39 - Ronaldu (0:1), 64 - Kavani (0:2), 86 - Reshford (0:3).
"Tottenxem" – Loris, Emerson, Dayer, Romero, Devis, Son Xiin Min, Lukas Moura, Xeyberg, Lo Chelso, Skipp, Keyn.
"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Maguayr, Lindelef, Shou, Fred, Brunu Fernandesh, Maktomini, Ronaldu, Kavani.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
204