O'zbekiston OTJ bugun AGMK bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2943
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borayotgani haqida xabar berib o'tgandik. Lyubinko Drulovich boshchiligidagi futbolchilar yig'in davomida "Bunyodkor"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazib, 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Bugun olimpiya terma jamoamiz Olmaliqning AGMK jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Uchrashuv "Paxtakor" stadionida soat 16:30da boshlanadi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Toshkentda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Vakillarimiz saralash bahslarida Hindiston va Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!