«Barselona»ning navbatdagi nishoni ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 157

Joriy mavsumda Londonning «Chelsi» klubida ijara asosida o'ynayotgan «Atletiko» yarimhimoyachisi Saul Niges faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Yarimhimoyachining transferiga kataloniyalik «Barselona» qiziqish bildirmoqda, - deydi Todofichajes.
O'z navbatida Niges o'zini «ko'k-anorranglilar» safida sinab ko'rmoqchi. Saul kataloniyaliklar jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga nomzod Xavi Ernandesga muxlislik qiladi.
Biroq yarimhimoyachining transfer narxi to'siq bo'lib qolishi mumkin. Uning transferi 40 million evroga baholanmoqda. «Barsa» hozir moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va shuning uchun bunday summani to'lay olmasligi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182