"Milan" "Marsel" etakchisi bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Rossonerilar" rahbariyati "Marsel" jamoasi yarim himoyachisi Bubakar Kamara bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqida "Calciomercato" nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 21 yoshli yarim himoyachi "Marsel" bilan amaldagi shartnomasini yangilamoqchi emas. Uning klub bilan tuzgan kelishuvi 2022 yilning iyunigacha amal qiladi. Frantsiya klubi rahbariyati futbolchining jamoani tark etishidan foyda olmoqchi va unga qiziqayotgan "Milan" bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.
Bu mavsumda Kamara "Marsel" uchun 11 o'yin o'tkazib, 1 gol urdi. Transfermarkt portali futbolchining narhini 28 million evroga baholagan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185