Pochettino "Lill"ga qarshi kechgan o'yin haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

Maurisio Pochettino Fransiya 1-ligasining 12-turidan o'rin olgan "Lill"ga qarshi o'yinida mag'lubiyatga uchrayotib, muvaffaqiyatga erishgan o'z futbolchilarining xarakteri haqida gapirdi.
“Futbolchilaringizning xarakteri hal qiluvchi omilga aylandimi? Ha, menimcha, jamoa qiyin vaziyatda ajoyib xarakter ko'rsata oldi. Bu ularning mentaliteti, xarakteri qandayligidan darak beradi.
Ishonchli tarzda g'alaba qozonishni istaymiz. Ammo bu har doim ham amalga oshavermaydi, lekin jamoa kerakli natija uchun qo'lidan kelganini qiladi. Chempionatdagi 12ta o'yindan 10tasida g'alaba qozonganimiz bejiz emas. Men jamoaning ruhiyatidan mamnunman", - deya Pochettino so'zlaridan iqtibos keltirgan "L'Equipe" nashri.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196