"Roma" birdaniga ikki futbolchi bilan shartnoma tuzishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Bo'rilar" yanvar oyida tarkibini kuchaytirish maqsadida Denis Zakariya va Dani Sebalos bilan shartnoma tuzishmoqchi.
Italiyaning "Correira Del Sport" nashri bergan ma'lumotlariga ko'ra, "Roma" bosh murabbiy Joze Mourinoning iltimosiga ko'ra qishki transferlar oynasida birdaniga ikki nafar yarim himoyachi bilan shartnoma tuzish niyatida. Asosiy variantlar, Myonxengladbaxning "Borussiya" futbolchisi Dennis Zakariya va "Real Madrid" yarim himoyachisi Dani Sebalos bo'lib turibdi. Ularning ikkalasi ham yanvar oyida rimliklar tarkibiga borib qo'shilishi mumkin.
Oldinroq, Mourino Konferentsiyalar ligasi 3-turidan o'rin olgan "Budyo/Glimta"ga qarshi o'yindan so'ng jamoaning tarkibi haqida shikoyat qilgan edi.
Manba: Sport-Box.ru
Bosh sahifaga
189