«Dinamo» Tojikiston chempioni bilan o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 845
Ertaga 18 mart kuni “Dinamo” Tojikiston chempioni “Istiqlol” bilan o'ynaydi. Xo'sh, Tojikiston klubi qanday jamoa?
Dushanbe klubini o'tgan yil samarqandliklarga begona bo'lmagan Muhsin Muhammadiev boshqargan bo'lsa, bu yil "Dinamo" sobiq murabbiyi Hakim Fuzaylov boshqarmoqda. Hakim Qayumovich jamoasi OFK Kubogi ishtirokchisi sanaladi. Toshkentda yig'in o'tkazayotgan Dushanbeliklar kuni kecha Superliga 2-turidagi raqibimiz “Surxon”ga qarshi maydonga tushib, 4:2 hisobida Termiz klubini mag'lub etishdi.
O'rtoqlik o'yini.
«SURXON» - «ISTIQLOL» - 2:4 (Tojikiston)
Gollar: Abduaziz Yusupov, 8 (1:0). Mixaylo Sakich, 30 (1:1). Alisher Jalilov, 44 (1:2). Yuriy Salomka, 63 (1:3). Mixaylo Sakich, 72 (1:4). Azamat Alaniyozov, 86 (2:4).
«Surxon»: Sardor Qobuljonov, Abdukaxxor Xojiakbarov (Abbosbek Maxstaliev, 46), Najmiddin Normurodov, Raxmatullo Berdimurodov (Ilhom Boydedaev, 46), Abduaziz Yusupov (Ravshanbek Xursanov, 61), Azamat Alaniyozov, Ubaydullo Xoliqulov, Mirzakamol Kamolov, Darko Stanoevich (Vladimir Bubanya, 46), Suhrob Ne'matov, Muzaffar Abdullaev (Yunusbek Abduvohidov, 68).
"Istiklol": Nikola Stoshich, Iskandar Jalilov (Sorbon G'iyosov, 75), Aleksey Larin (Baxtiyor Qalandarov, 57), Jalil Kimsanov (Zoir Jo'raboev, 46), Axtam Nazarov (Tabrezi Davlatmir, 46), Mixaylo Sakich (Shaxrom Samiev, 75), Alisher Jalilov (Shaxrom Sulaymonov, 55), Fatxullo Fatxulloev (Muhammadjon Rahimov, 46), Komron Tursunov (Amirbek Jo'raboev, 46), Sheriddin Boboev (Exsoni Panchshanbe, 46), Ruslan Koryan (Yuriy Salomka, 62).
Darvoqe, mavsum oldidan “Dinamo” yig'inida bo'lgan tojikistonlik Zoir Jo'raboev “Istiqlol” safida maydonga tushgan bo'lsa, Mirzakamol Kamolov shu kuni «Surxon» safida maydonga tushdi.
Dushanba kuni Toshkentdagi Chig'atoy stadionida o'tadigan o'yin Davron Fayziev boshchiligidagi “Dinamo” uchun ham, Hakim Fuzaylov qo'l ostidagi “Istiqlol” uchun ham chempionatning muhim o'yinlaridan oldin zarur tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Dushanbe klubi kuchli tarkib yiqqan “Surxon” darvozasiga 4 ta gol urgan ekan, demak Tojikiston chempioni ham kuchli jamoa sanaladi.
Samarqand va Dushanbe klublari o'rtasidagi uchrashuv o'rtoqlik maqomida bo'lsa-da, ushbu o'yin shiddatli va qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.