Sanches "Inter" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Italiyaning "La Gazette Dello Sport" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Inter" vingeri Aleksis Sanches qishda klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.
Hozirgi vaqtda "neradzurrilar" rahbariyati chililik futbolchining klubda qolish variantini ko'rib chiqmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30-iyunigacha amal qiladi. Uning yillik maoshi 7 million evroga teng.
Joriy mavsumda Sanches 7 o'yinda maydonga tushib, 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Transfermarkt portalidagi bahosi 5 million evroga teng.
Manba: LivesportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
185