Arteta "Barselona"da ishlashga qiziqishi haqidagi savolga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Ronald Kuman iste'foga chiqarilgandan so'ng "Barselona"da ishlashga qiziqishi haqidagi savolga javob berdi.
"Men "Arsenal"da juda baxtliman. Bu erda bo'lishdan faxrlanaman va butun e'tiborimni shu ishga qaratganman.
So'nggi yillarda "Barselona"da ko'p narsa sodir bo'ldi. Koronavirus klubga o'z ta'sirini o'tkazdi. Shuningdek, siz yillar davomida asosiy o'yinchi bo'lgan Messining jamoani tark etganiga ham ko'nikishingiz kerak.
Bularning barchasi vaqt talab etadi. Men shunchaki ular bilan hammasi yaxshi bo'ladi deb umid qilaman", - dedi Arteta "Metro" nashriga bergan intervyusida.
Manba: LivesportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201