Messi bu ko'rsatkich bo'yicha Frantsiyada eng yomon natija qayd qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

Frantsiya chempionatining 12-turidan o'rin olgan o'yinida "PSJ" o'z maydonida "Lill"ni mag'lub etdi. Parijliklar hujumchisi Lionel Messi birinchi bo'limda to'liq o'ynadi va ikkinchi taymda almashtirildi.
Opta portali xabariga ko'ra, Messi Liga-1da zarbalari gol bilan yakunlanmaslik bo'yicha peshqadam. 34 yoshli argentinalik futbolchi raqiblar darvozasi tomon 15ta zarba yo'llagan bo'lsa, shundan 4tasi darvozabonlargacha aniq etib borgan. Ammo birortasi gol bilan yakunlanmagan.
Eslatib o'tamiz, Messi joriy mavsumda "PSJ" uchun chempionatda 5 o'yin o'tkazib, foydali harakat amalga oshirmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
222