Pochettino nega Messini zahiraga olganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

"PSJ" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Frantsiya chempionatining 12-turidan o'rin olgan "Lill"ga qarshi o'yindan so'ng (2:1), nega Messini zahiraga olganini tushuntirib berdi.
"Messi haqidagi yangiliklar? Biz kutishimiz kerak. Tanaffus vaqtida shifokorlar bilan bog'landik. Uning zahiraga olinishi ehtiyot chorasi edi. Umid qilamizki, unda jiddiy jarohat yo'q va u keyingi o'yinda qatnasha oladi", - deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltirgan "Culture PSG" nashri.
Avvalroq argentinalik 34 yoshli futbolchi no'malum sabablarga ko'ra parijliklarning umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok etmagandi.
Manba: Championat.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217