Legionerlarimiz. Jamoasi durang qayd etgan o'yinda G'aniev maydonga tushmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Safida hamyurtimiz Azizjon G'aniev harakat qilayotgan Dubayning "Shabab Al-Axli" jamoasi bu tur o'z maydonida "Al-Ayn"ni qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Dastlab, o'yinning 44-daqiqasida mehmonlar safida Autonne Kuado hisobni ochdi. Bu golga dubayliklar safida Karlos Eduard 45+1-daqiqada javob qaytardi. Bahsda hisob boshqa o'zgarmadi - 1:1.
Yurtdoshimiz Aziz G'aniev o'yinni zahirada kuzatib bordi.
BAA Superligasi, 8-tur
"Shabab Al-Axli" – "Al-Ayn" - 1:1 (1:1,0:0)
Gollar: 44 - Kuado (1:0), 45+1 - Karlos (1:1).
Shabab Al-Axli - Nosir, Eduard, Nurullohi, Marzuk, Al-Nakbi, Al-Kamali, Abbos, Suhayl, Husayn, Alhassani, Abdulrazzoq.
Al-Ayn - Holid Eisa, Erik, Muhammad, Meriya, Kanedo, Barman, Rahimi, Nodir, Laba, Guancha, Kuado.
Stadion: "Al-Rashid"
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
215