Xavi «As-Sadd» o'yinchilari bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Xavining «Barselona» bosh murabbiyi etib tayinlanish masalasi hal bo'ldi, deya xabar tarqatdi Diario Sport.
41 yoshli mutaxassis bugun «As-Sadd» klubi rahbariyati bilan uchrashdi va jamoani tark etish borasida kelishuvga erishdi. Rahbariyat undan yana 2ta o'yinda jamoani boshqarishni so'radi. Shu bois, Xavi 4 noyabrga qadar Dohada qoladi.
Xavi «As-Sadd» bilan yangi shartnoma imzolagan paytda, agar «Barselona»dan taklif tushsa, jamoani bepul tark etishi borasida kelishuvga erishgan edi. Shu bois, u «Barsa» qatarliklarga hech qanday kompensatsiya puli to'lamaydi.
Xavi, shuningdek, bugun «As-Sadd» o'yinchilariga jamoani tark etishini ma'lum qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217