Ulug'bek Baqoev: «Balki o'yin tomoshabop o'tmagandir, lekin kurashlarga boy bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan «So'g'diyona» – «Nasaf» (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirdi.
— Kubok o'yini bo'lgani bois bahs jangovar ruhda kechdi. Xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Ammo bu – futbol. Birinchi taymni misol qilsak, bir nechta vaziyatlarimiz bo'ldi, biroq ulardan unumli foydalana olmadik. O'ylashimcha, ayrim futbolchilarga mahorat etishmadi. Yigitlarga harakatlari uchun minnatdorlik bildiraman. Ularga hech qanday e'tirozim yo'q.
— Bahodir Nasimov va Umar Eshmurodov to'qnashuvidan keyin hakam aybdorga qizil kartochka bermadi. «So'g'diyona» bu bo'yicha shikoyat yozadimi?
— Hakamlarga baho beradigan qo'mita bor. Hozir bunga izoh berishim qiyin.
— «So'g'diyona»ga shijoat etishmadi. Bu hayajon bilan bog'liqmidi?
— Ehtimol, ruhiy tarafdan shunday bo'lgandir. Futbol xatolar ustiga quriladi. Unda kim ko'p xato qilsa, o'sha yutqazadi.
— O'yinni boshqarib borgan hakamlardan ko'nglingiz to'ldimi?
— Hakamlarga nisbatan e'tirozim yo'q, chunki bu o'yin endi tarixga aylandi. Faqat futbolchilarga e'tirozim bo'lishi mumkin.
— «So'g'diyona» – «Nasaf» va shu kabi to'qnashuvlar o'zbekistonlik murabbiylarda tajriba oshishiga xizmat qiladimi?
— Har bir futbolchi bor e'tiborini ham ruhan, ham jismonan o'yinga qaratsa, uchrashuv qizg'in ko'rinish oladi. Hech kim maydonda mag'lub bo'lgisi kelmaydi. Bugun shuni ko'rdik, har ikki jamoa yutqazishni xohlamadi. Balki tomoshabop o'tmagandir, lekin kurashlarga boy bo'ldi.

Bosh sahifaga
211