Vlahovichga ikkita top klub qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 141

«Fiorentina» hujumchisi Dushan Vlahovichning maqomi balandroq klubga o'tishi faqat vaqt masalasidek tuyuladi. Futbolchi allaqachon jamoa muxlislari bilan janjallashib qolgan va shartnomani uzaytirishdan oshkora bosh tortgan.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, ayni paytda Turinning «Yuventus» va Angliyaning «Manchester Siti» vakillari futbolchining transfer agenti bilan muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko'ra, ikkala klub ham «binafsharanglar»ga 70 million evro to'lashga tayyor. Joriy mavsumda futbolchi 10 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
175