Sobiq futbolchi Sulsherni futbolchilardan to'g'ri foydalanmaslikda aybladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

Sobiq APL hujumchisi va futbol mutaxassisi Ian Rayt Sulsherni tanqid qildi. U norvegiyalik mutaxassisni qo'l ostidagi futbolchilardan to'g'ri foydalana olmayotganlikda ayblagan.
Rayt nuqtayi nazariga binoan, Donni van de Bek, Lingard, Erik Bayi Sancho hamda Pol Pogbalar maydonda keragicha o'ynatilmagan.Mutaxassis himoya chizig'ida harakat qilayotgan Maguayrni hozirda yaxshi sport formasida emasligini ta'kidladi. Uning o'rniga Rayt Bayidan foydalanish kerakligi bildirdi.
Hujumda esa o'tgan mavsum porlagan Lingard asosiy o'rin egallashi kerakligi aytdi. Eslatib o'tamiz, yangi mavsumda Angliyadagi eng ko'p tanqid va e'tirozlarga sabab bo'layotgan murabbiy bu Sulsher hisoblanadi. Ayniqsa, "Liverpul"ga sharmandali mag'lubiyatdan keyin unga katta bosim yuklanmoqda.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
167