Gvardiola APLdagi yubiley uchrashuvini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«Manchester Siti» shanba kuni Angliya Premer-ligasi doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi o'z uyini o'tkazadi. 2016/2017 yilgi mavsumdan buyon jamoa bilan ishlab kelayotgan Xosep Gvardiola uchun bu o'yin APLdagi 200-o'yin bo'ladi.
«Ushbu o'yindan keyin «Manchester Siti» boshchiligida APLning yana 200 ta o'yinini o'tkazamanmi? Yo'q, men shunday deb o'ylamayman», - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano o'zining Twitter sahifasida.
Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
To'qqiz turdan so'ng «Manchester Siti» APL turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162