Ronaldu diskvalifikatsiya qilinadimi? Allegri javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2301

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChLda diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
«Ronaldu diskvalifikatsiya qilinadi? Bunday bo'lmaydi. Mazkur gol nishonlashda g'ayrioddiy hech narsa ko'rmadim. Oddiy ehtiroslar. Hech qanday diskvalifikatsiya berilmaydi», - dedi Allegri Football Italia nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Ronaldu Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Atletiko»ga qarshi o'yinda raqib jamoa bosh murabbiyi Diego Simeonening birinchi o'yinda qilgan qilig'ini takrorladi. Mazkur ish uchun UEFA Simeoneni 20 ming evro miqdorida jarimaga tortgandi.
«Atletiko»ning fikricha, Ronaldu qilgan ish Simeonenikiga nisbatan og'irroq. Boisi, argentinalik murabbiy golni nishonlash paytida o'z muxlislariga qarab turgan bo'lsa, «Yuventus» hujumchisi bu ishni madridliklar muxlislarga qarab turib qildi. Bundan tashqari, portugaliyalik futbolchi uchinchi golni urishdan oldin «Atletiko»muxlislariga qarata so'kingani videokameralarga tushib qolgan. Agar UEFA Krishtianuga qarshi ish ochsa, futbolchi ham Simeone kabi jarimaga tortilishi mumkin.
Bundan tashqari, agar UEFA portugaliyalik futbolchining harakatlarini zo'ravonlikka undash deb hisoblasa, Ronaldu bir o'yindan 3ta o'yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Bosh sahifaga
215