«Real Madrid» braziliyalik vunderkindga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

«Real Madrid» dunyoning eng zo'r iste'dodlarini o'z safiga taklif qilib, yosh futbolchilarni rivojlantirish rejasiga amal qilishda davom etmoqda. Bu safar braziliyalik hujumkor yarimhimoyachi Mateus Frankka e'tibor qaratishmoqda.
Braziliyalik futbolchi hozirda «Flamengo»ning ikkinchi jamoasida o'ynamoqda va ajoyib natijalarni ko'rsatmoqda. Jismoniy holati, hamda gol urish qobiliyati bilan tengdoshlari orasida ajralib turadi.
Ispaniyaning AS nashri xabariga ko'ra, yosh futbolchining shartnomasida 100 million evro tovon puli ko'rsatilgan. Biroq, «Flamengo» vunderkind ortidan «Real»dan imkon qadar ko'proq pul ishlab olishga urinib, potentsial xaridorlar bilan ham savdolashishga tayyor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
333