Mbappe 2024 yilgi olimpiadada qatnashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya U-23 terma jamoasi bilan 2024 yilda Parijda bo'lib o'tadigan navbatdagi yozgi Olimpiada o'yinlariga borish niyatida ekanligi haqida gapirdi.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, ushbu turnirda o'z mamlakati sharafini himoya qilish, uning bolalikdagi orzusi hisoblanadi. Mbappe jahon chempionatida g'alaba qozonganidan so'ng, mahalliy muxlislar uchun yana bir xalqaro sovrinni qo'lga kiritishni istashini ta'kidladi.
Shuningdek, L'Equipe nashriga bergan intervyusida forvard o'tgan yozda kattalar terma jamoasi Evropa chempionatini muddatidan avval tark etganidan so'ng, klubning uni Olimpiadaga qo'ymaslik qaroridan juda xafa bo'lganini tan oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181