Sulsher o'rniga yana bir nomzod bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Norvegiyalik mutaxassis Ole-Gunnar Sulsher «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan ketish arafasida. ESPN nashri jurnalistlarining yozishicha, mankunianliklar rahbariyati faol ravishda yangi murabbiy qidirmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, «Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Lester»da ishlayotgan Brendan Rojers «qizil iblislar» e'tiboriga tushgan. Klub rahbariyati Rojersni taklif qilishni ayni damdagi eng yaxshi variantlardan biri deb hisoblamoqda.
Shimoliy irlandiyalik mutaxassisning «tulkilar» bilan tuzilgan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan.
Oldinroq italiyalik Antonio Konte «Manchester Yunayted» manfaati doirasida ekanligi haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
194