Brenden Rojers: "Uning kurashuvchanligi bizga qo'l keladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"Lester Siti" bosh murabbiyi Brenden Rojers jamoa futbolchisi Patson Daka haqida fikr bildirdi. U bu haqda shunday deydi:
"Patsonning jismoniy imkoniyatlari meni hayron qoldiradi. Biz unga imkon berishni istaymiz. U ajoyib haftani o'tkazdi. U o'zini nimalarga qodir ekanini ko'rsata oldi. Uning maydondagi kurashuvchanligi bizga qo'l keladi. U tabiatan to'purar. O'ylaymanki, Daka uchun hammasi endi boshlanayapti".
23 yoshli Zambiya terma jamoasi a'zosi Evropa Ligasi doirasida "Spartak Moskva"ga bir o'zi to'rtta gol urib, jamoasiga g'alaba keltirgan edi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200