«Metallurg»: Ikkita nazorat uchrashuvida ikkita g'alaba
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4788

Superligada milliy va olimpiya terma jamoalarimizning xalqaro maydonlardagi ishtiohroki bois yuzaga kelgan bo'shliqni to'ldirish uchun jamoalar nazorat uchrashuvlariga e'tibor qaratishmoqda.
Jumladan, Bekobodning “Metallurg” jamoasi kecha Qibray o'quv-mashg'ulot maskanida bir yo'la ikkita nazorat o'yinini o'tkazdi.
Dastavval ma'danchilar Pro-liga vakili “Nurafshon” jamoasi bilan kuch sinashib, kichik hisobda g'alaba qozonishdi. O'yin taqdirini Sergey Tumasyan tomonidan kiritilgan yagona gol hal etdi. Ikkinchi uchrashuvni esa Andrey Shipilov shogirdlari “Paxtakor” yoshlariga qarshi o'tkazib, 3:0 hisobida zafar quchishdi. Mazkur o'yinda Bahodir Pardaev, Zohid Abdullaev hamda Xudoyshukur Sattorovlar o'zlarini ko'rsatishdi. “Metallurg” Superliganing 2-turiga qadar yana bitti ko'rik o'yinida maydonga tushishni rejalashtirgan.

Bosh sahifaga
318