Maradonaning qizlari futbolchining xotirasi uchun o'tkaziladigan o'yinga norozilik bildirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Xabaringiz bor, shu yilning 14 dekabr kuni "Barselona" va "Boka Xuniors" jamoalari o'rtasida Diego Maradona xotirasi uchun o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Maradonaning qizlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan mazkur bahsga bormasliklarini aytishdi.
"Ular otamizning o'limidan biznes qilishmoqchi. Uchrashuvni tashkil etishda vositachilik qilayotgan Matias Morl otamning oldiga muxlis sifatida kelgandi. Endi esa u otamning nomi bilan bog'liq imij huquqlariga egalik qilishini ta'kidlamoqda. Uning aytishicha, Maradona farzandlarining bu o'yinga hech qanday huquqi yo'q ekan", – dedi Dalma.
Eslatib o'tamiz, Diego Maradona 2020 yilning 14 dekabr kuni vafot etgan edi. U faoliyati davomida "Barselona" va "Boka Xuniors" klublarida to'p tepgan.

Bosh sahifaga
212