Neymar: "Umid qilaman, Messi bilan bu ishni takrorlaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119
39
Neymar «PSJ» bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonish istagi borligini ma'lum qildi.
“Umid qilamanki, Messi bilan “Barsa”da qilgan ishimizni takrorlaymiz. Men 2017 yilda bu jamoaga turnirda g'alaba qozonish niyatida o'tgandim, endi bizda yanada kuchliroq futbolchilar bor.
Futbolchilarning individual iqtidoriga izoh berishga hojat yo'q. Biz moslashishimiz kerak. G'oliblikka erishganimizdan keyin biz juda kuchli jamoaga aylanamiz”, - dedi Neymar.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi allaqachon "Barselona" bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozongan.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
413