Lukakuning agenti bu sirni oshkor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

"Manchester Siti" Romelu Lukaku bilan shartnoma tuzmoqchi bo'lgan. Bu haqda futbolchining agenti Federiko Pastorello aytib o'tdi:
"Menimcha, hammaga bu gapni ochiq aytish mumkin. Bundan bir yil avval, Lukaku hali "Inter" safida chempion bo'lmay turib, "Man Siti" u bilan bitim tuzishga harakat qilgandi. Hammasi jiddiy va aniq ruhda ketayotgan edi. Ammo oxirida ular o'z niyatini o'zgartirishdi. Shundan keyin, ular Harri Keynga e'tibor bera boshladilar".
Lukaku "Chelsi"ga qaytgandan beri 4 bahsda 4 ta golga mualliflik qilgan edi. U hozirda to'pig'idan jarohat olib, kamida 1 oyga safdan chiqqan.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
415