«Liverpul» va «Manchester Yunayted» bir futbolchi uchun kurash olib bormoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

«Lids» yarimhimoyachi Kelvin Fillips kelasi mavsum faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Manbada aytilishicha, Angliya Premer-ligasining ikki giganti angliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Gap «Liverpul» va «Manchester Yunayted» haqida ketmoqda, deb xabar beradi The Mirror nashri. Mankunianliklar ehtimoliy transfer bo'yicha «Lids» rahbariyati bilan bir necha bor bog'lanishgan, biroq ular kelishuvga erisha olmagan.
Taxminlarga ko'ra, ikkala klub ham Fillipsning transferi uchun 50 million evrodan ko'proq pul to'lashga tayyor. Yarimhimoyachining o'zi «Lids» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha so'rovni kechiktirmoqda va kelgusi qishda boshqa jamoaga o'tishga umid qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227