Kumanning iste'fosi haqidagi qaror samolyotda qabul qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

"Barselona" rahbariyati kecha bosh murabbiy Ronald Kumanni ishdan bo'shatdi. Iste'fo haqidagi qaror samolyotda qabul qilingan.
Jamoa "Rayo Valekano"ga qarshi o'yinda mag'lubiyatga uchrab (0:1), samolyotda ortda qaytayotganida Laporta boshqaruv kengashi a'zolari bilan yig'ilish o'tkazdi va murabbiy bilan shartnomani bekor qilish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda "Diario Sport" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar prezidenti samolyotga o'tirayotganida juda g'azabda bo'lgan. Samolyot erga qo'nishi bilan Kumanga iste'foga chiqarilganini va ertalabki mashg'ulotni u o'tkazmasligini ma'lum qilishgan.
Ronald 2020 yilning avgust oyidan buyon "Barselona"ni boshqarib kelayotgandi. "Ko'k-anorranglilar" niderlandiyalik mutaxassis qo'lostida Ispaniya kubogida g'olib chiqishdi.

Bosh sahifaga
228