"Chelsi" posboni Kepa Arrizabalaga APL bahslari uchun tayyorligini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Chelsi" klubi darvozaboni Kepa Arrizabalaga Mendi o'rnini bosishga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida gapirdi. U bu haqda shunday deydi:
"Xo'sh, bu voqeaga hali ikki oy bor. Albatta, bu sodir bo'ladi va men unda tayyor bo'laman deb o'ylayman. Ammo ungacha oldimizda ko'p o'yinlar kutib turibdi. Nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Agar Mendi Afrikaga yo'l olsa, men unga faqat omad tilayman va vazifam uchun tayyor bo'laman".
Eduard Mendi yanagi yilning yanvar-fevral oylarida bo'lib o'tadigan Afrika Millatlar kubogi musobaqasi sabab, "Man Siti", "Tottenxem" hamda "Brayton"ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishga majbur bo'lishi mumkin. U Senegal termasiga jalb qilinadi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221