O'FAda «Football Marketing Asia» kompaniyasi vakili bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 95

Xabaringiz bor, O'zbekiston so'nggi yillarda Osiyo miqyosidagi bir nechta nufuzli turnirlarga mezbonlik qilib kelmoqda. Ushbu turnirlarni yuqori saviyada tashkil etish va teletranslyatsiya qilish muhim jarayon bo'lib, mazkur sohalarni rivojlantirish borasida ishlar olib borilmoqda.
Bugun O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va OFKning translyatsiyalar bo'yicha hamkori hisoblangan "Football Marketing Asia" kompaniyasining direktori Patrik Myorfi bilan uchrashdi. Ochiq va samimiy o'tgan muloqotda keyingi yilda yurtimiz maydonlarida o'tkaziladigan nufuzli musobaqalarning translyatsiya masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Patrik Myorfi media, marketing, chempionatlarni efirga uzatish masalasi, texnologiyalar, tasvirga olish standartlari, shuningdek, homiylarni jalb qilish xususida o'z tavsiyalarini berib o'tdi.
Suhbat davomida O'FA va FMA o'rtasida uzoq muddatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Ravshan Ermatov Patrik Myorfiga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining esdalik sovg'alarini topshirdi.

Bosh sahifaga
232