Rasman! "Inter" Martines bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Futbolchi klubdagi faoliyatini davom ettiradi.
Italiyalik mashhur futbol jurnalisti Fabritso Romanoning xabar berishicha, "Inter" o'zining argentinalik asosiy hujumchisi Lautaro Martines bilan shartnomani 2026 yilning 30-iyunigacha uzaytirdi. Futbolchining klubda oladigan yillik maoshi borasida hozircha ma'lumotlar yo'q, deya qo'shimcha qilgan jurnalist.
Yangi shartnomaga ko'ra hujumchining tovon puli belgilanmagan. Uning avvalgi shartnomasida bu summa 111 million evroni tashkil etgan.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda futbolchi "neradzurrilar" uchun chempionatda 9 o'yinda qatnashib, 5 gol urdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
338