Azarga APLning ikki klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 214

«Real» hujumchisi Eden Azar birdaniga bir nechta ingliz klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi. ESPN nashri xabariga ko'ra, belgiyalik uchun «Nyukasl Yunayted» va Londonning «Chelsi» klublari kurash olib boradi.
Katta ehtimol bilan, yozda bir nechta nufuzli xaridlarni amalga oshirmoqchi bo'lgan «qarg'alar» Azarga ko'proq qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Eden Azar 8 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Belgiyalik futbolchining narxi 25 million evroga baholangan va uning «Real» bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
347