«Tottenxem» futbolchisi murabbiy bilan janjali sabab klubdan ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

«Tottenxem» futbolchisi Dele Alli London klubidan ketishi mumkin. Manbaning ta'kidlashicha, inglizning APLdagi kam o'yin amaliyoti bunga sabab bo'lmoqda.
Boz ustiga, angliyalik jamoa bosh murabbiyi Nunu Espiritu Santu bilan tortishib qolgan. Biroq, bu «shporlar»ning keyingi qishki transfer oynasida Allini sotmoqchi bo'lganining yagona sababi emas, deya xabar beradi Britaniyaning The Sun nashri.
Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda, biroq londonliklar Allidan kamroq pul evaziga xayrlashishga tayyor. Joriy mavsumda yarimhimoyachi Angliya premer-ligasida bor-yo'g'i 500 daqiqa o'tkazib, bitta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239