Joze Mourinoning keyingi transfer rejalari qanday?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

«Roma» boshqaruvchisi Joze Mourino jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Todofichajes nashri xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis Italiya va «Napoli» hujumchisi Lorentso Insinega qiziqish bildirmoqda.
Taniqli murabbiy Neapol klubida Insinening holatidan foydalanmoqchi. Tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmasa, Rim klubi tezda taklif kiritadi. Lorentso va «Napoli» o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Oldinroq italiyalik hujumchiga Londonning «Arsenal», Kataloniyaning «Barselona» va Milanning «Inter» klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Hujumchi joriy A Seriyada ikkita gol va uchta golli uzatmaga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221