«Bavariya» Levandovskiga Italiyadan o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, «Bavariya» «Napoli» hujumchisi Viktor Osimxenni o'z safiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Manbaga ko'ra, Neapol klubi o'z futbolchisi uchun kamida 100 million evro so'raydi.
«Nemis mashinasi» bu summani klub bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayotgan polshalik hujumchi Robert Levandovsi tark etsa, to'lashi mumkin bo'ladi.
Shuni ta'kidlash kerakki, Osimxenga boshqa top-klublar, ya'ni «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «PSJ» va «Real Madrid» ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223