Xavi qachon «Barselona» bosh murabbiyiga aylanishi taxmin qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi yaqin orada «Barselona» ustoziga aylanadi. Kataloniyalik mutaxassis "ko'k-anorranglilar"ning taklifiga rozilik bildirdi. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
Ammo, dastlab hal etilishi kerak bo'lgan bir nechta masalalar bor. Birinchidan, Xavi «As-Sadd»dan ishdan bo'shashi kerak. Ikkinchidan, murabbiy va uning shtabi bilan maosh masalasini kelishish zarur.
RAC1 radiostantsiyasi tarqatgan xabarga ko'ra, Xavi noyabr oyidagi FIFA kunlaridan so'ng "Barsa" bosh murabbiyiga aylanadi hamda 21 noyabr kuni bo'ladigan «Espanol»ga qarshi bahsda debyut qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218