"Barselona" Kumanga katta miqdorda tovon puli to'laydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

Niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman "Barselona" bosh murabbiyligidan bo'shatilganidan keyin 12 million evro miqdorida tovon puli oladi, deya xabar beradi "El Pais" nashri.
Og'ir iqtisodiy vaziyatda Kataloniya klubi rahbariyati o'ziga bo'lgan ishonchni anchadan beri yo'qotgan Kumanning iste'fosini keyinga qoldirishga umid qilgan edi. Biroq chorshanba kuni "Rayo Valekano"dan uchralgan 0:1 hisobidagi mag'lubiyat klub prezidenti Joan Laportani murabbiyni ishdan bo'shatishga majbur qildi.
Eslatib o'tamiz, Kuman 2020 yil 19-avgust kuni “Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Gollandiyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsumda jamoa bilan Ispaniya kubogini qo'lga kiritgan.
Ispaniya chempionatining bu mavsumida "Barselona" 11 o'yindan so'ng 9-o'rinda bormoqda.
Manba: Sport-Box.ru
Bosh sahifaga
175